O‘zbekiston tadqiqotchilari uchun ilmiy jurnal

Mezon — ko‘p tarmoqli ilmiy jurnal. Barcha fan sohalaridan o‘zbek, rus va ingliz tillaridagi maqolalarni qabul qilamiz: har biri ikki tomonlama yashirin taqrizdan o‘tadi, doimiy havola bilan nashr etiladi va Zenodo arxivida bepul DOI oladi.

Taqriz
Ikki tomonlama yashirin, odatda 14 kun
Ochiq kirish
Barcha maqolalar bepul, CC BY 4.0
Indekslash va DOI
Google Scholar, Zenodo arxivi
Nashr to‘lovi
350 000 so‘m, faqat qabul qilingach
Ko‘p tarmoqli ilmiy jurnal1-jild, 1-son, 2026
Joriy son: 1-jild, 1-son, noyabr 2026Mundarija

Joriy son

1-jild, 1-son. 4-noyabr 2026-yilda nashr etilgan: 4 ta maqola, 1–40-betlar.

  1. 21–28betlar

    Maqola tili: O‘zbek tili
  2. 29–35betlar

    Maqola tili: O‘zbek tili
  3. 1–20betlar

    Maqola tili: O‘zbek tiliKeys-tadqiqot
  4. 36–40betlar

    Pedagogika va psixologiya

    Sodda gaplarning diskurs turlaridagi pragmatik transformatsiyasi

    Barno Djamalutdinova

    Maqola tili: O‘zbek tili

Maqola qanday nashr etiladi

Qo‘lyozmadan nashrgacha oltita bosqich. Maqolangiz qaysi bosqichdaligini shaxsiy kabinetda ko‘rib turasiz.

  1. Yuborish

    10–15 daqiqa

    Shaxsiy kabinetda qo‘lyozmani yuklaysiz, annotatsiya va mualliflar haqidagi ma’lumotlarni to‘ldirasiz.

  2. Dastlabki ko‘rik

    3 ish kunigacha

    Muharrir maqolaning jurnal yo‘nalishiga va rasmiylashtirish talablariga mosligini tekshiradi.

  3. Ikki tomonlama yashirin taqriz

    taxminan 14 kun

    2 nafar mustaqil taqrizchi maqolani mualliflar kimligini bilmagan holda baholaydi.

  4. Qaror

    odatda 2–3 kun

    Taqrizlar asosida muharrir maqolani qabul qiladi, qayta ishlashga qaytaradi yoki rad etadi.

  5. To‘lov

    1–2 ish kuni

    Qabul qilingan maqola uchun nashr to‘lovi 350 000 so‘m. Rekvizitlar bo‘yicha to‘laysiz va tahririyatga qo‘ng‘iroq qilasiz: tahririyat to‘lovni tasdiqlaydi.

  6. Nashr va sertifikat

    yaqin sonda

    Maqola doimiy havola va PDF bilan nashr etiladi, Zenodo arxivida bepul DOI oladi, har bir muallif nashr sertifikatini oladi.

Bo‘limlar

Jurnal 10 ta yo‘nalishda maqola qabul qiladi. Bo‘limni tanlasangiz, shu yo‘nalishdagi maqolalar ochiladi.

Tahrir hay’ati

Jurnalni turli fan sohalaridagi olimlar tahrir qiladi: ular qo‘lyozmalarni ko‘rib chiqishni boshqaradi va jurnalning ilmiy yo‘nalishini belgilaydi.

  • Bosh muharrir o‘rinbosari

    Odil Qo‘ysinov

    Pedagogika fanlari doktori, professor

    Xalqaro Nordik universiteti, O‘zbekiston

  • Mas’ul kotib

    Muhammadsiddiq Amonboyev

    Iqtisodiyot fanlari nomzodi, professor

    Xalqaro Nordik universiteti, O‘zbekiston

  • Bo‘lim muharriri

    Muxtasar Isaqova

    Matbuot kotibi, jurnalist

    Xalqaro Nordik universiteti

  • Tahrir hay’ati a’zosi

    Bahtigul Tolipova

    Iqtisodiyot bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

    Xalqaro Nordik universiteti, O‘zbekiston

1-jild 2-son uchun maqolalar qabul qilinmoqda

Barcha fan sohalaridan original tadqiqotlar, sharh maqolalar va qisqa xabarlarni qabul qilamiz. Yuborish va taqriz bepul, to‘lov faqat maqola qabul qilingandan keyin olinadi.

Keyingi son
1-jild, 2-son
Taqriz
taxminan 14 kun
Nashr to‘lovi
350 000 so‘m, qabul qilingach