@article{mansurov2026fan,
  author = {Mansurov, Akbar Bobur},
  title = {{Fan olimpiadalarini onlayn o‘tkazish platformasi: Toshkent xalqaro matematika olimpiadasi misolida arxitektura, yuklama sinovi va saboqlar}},
  journal = {Mezon — Multidisciplinary Scientific Journal},
  year = {2026},
  volume = {1},
  number = {1},
  pages = {1--20},
  doi = {10.5281/zenodo.23947589},
  url = {https://mezon.nordicuniversity.org/articles/fan-olimpiadalarini-onlayn-otkazish-platformasi-toshkent-xalqaro-2},
  publisher = {Mezon Scientific Publishing},
  keywords = {onlayn olimpiada, elektron baholash, WebSocket, yuklama sinovi, idempotentlik, modulli monolit, ekspluatatsiya nosozliklari},
  abstract = {Tadqiqot Toshkent xalqaro matematika olimpiadasi (TASIMO) uchun yaratilgan onlayn platformani tahlil qilib, fan olimpiadalarini o‘tkazuvchi tizimlar uchun muhandislik xulosalarini chiqarishni maqsad qiladi. Yagona keys dizaynida to‘rtta repozitoriyning manba kodi (230 022 ta bo‘sh bo‘lmagan qator), 435 ta kommitdan iborat versiyalar tarixi va loyiha hujjatlari o‘rganildi, ekspluatatsiya davridagi 10 ta muhim nosozlik va loyihaviy kamchilik tizimlashtirildi, ulardan to‘rttasining mexanizmi qayta hosil qilindi va mahalliy test muhitida yuklama sinovi o‘tkazildi. Platforma — NestJS asosidagi, uchta nusxada ishlaydigan modulli monolit: umumiy holat Redis’da, ma’lumotlar PostgreSQL’da saqlanadi, imtihon sessiyasi WebSocket orqali boshqariladi va idempotent yakunlanadi. Yuklama sinovida 5 000 nafargacha virtual ishtirokchi imtihonni bir vaqtda boshladi: o‘lchangan 1 850 990 ta amalning birortasi ham xato bilan yakunlanmadi, ma’lumotlar yaxlitligi har bir sinovda saqlandi. Uch nusxada 5 000 ishtirokchida boshlash kechikishining 95-persentili 1,54 s, javob tasdig‘iniki 16 ms bo‘ldi; bitta nusxada esa 3 000 ishtirokchida boshlash kechikishining 95-persentili 3,42 s ga yetdi. Nosozliklarning asosiy manbai uchinchi tomon xizmatlari cheklovlari, komponentlararo taymautlar, ko‘p nusxali joylashtirish va mijoz–server shartnomalari bo‘ldi. Bunday platformalar uchun idempotent yakunlash, tashqi chaqiruvlarni foydalanuvchi so‘rovi yo‘lidan chiqarish va to‘liq foydalanuvchi yo‘lini qamrovchi yuklama sinovlari hal qiluvchi ahamiyatga ega.}
}
